yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Hosildorlik past va suv chiqishi qiyin bo`lgan yerlarga dorivor o`simliklarni ekish va yetishtirish.

Muallif: Samandar Usmonov
Holati: Tasdiqlandi
Ushbu taklifim shundan iboratki bizning yerlarda asosan g`alla va paxta ekinini ekishadi. Bu o`simliklar esa o`sib rivojlanib bo`lgunicha juda ko`p suv oqiziladi va shu maydonlardan chiqgan suvlar esa iste`molga yaroqsiz hisoblanadi. To`g` ri hozirgi kunda ko`p fermer ho`jaliklari suvni tejash maqsadida tomchilatib sug`orishdan foydalanadi lekin yuqorida sanab o`tilgan ikki o`simlik ko`p miqdorda suv talab qiladi va yerni unumdorligini pasaytirib yuboradi . Sizlar aytishinglar mumkin yerga o`g`it solinadiku deb, lekin bu o`g`itlar yerni kuchini oshirmasdan o`simlik o`sishi va rivojlanishi uchun sarf bo`ladi. Meni taklifim esa hozirda charchagan maxsuldorligi pasayib ketgan yerlardan unumli foydalanib dorivor o`simliklarni ekish. Dorivor o`simliklarning ko`p qismi kam suv hisoblanib, suv sarfini kamaytiradi. Boshlanishiga 10 15 gektar yerga dori ishlab chiqaruvchi firma bilan shartnoma tuzilsa ko`chat va urug`lar bilan ta`minlaydi, bizdan esa ushbu o`simlikni kerakli qismini yetkazib berish talab qilinadi holos. Bora bora aholini bu yonalishga qiziqtirib o`zlari uchun ajratilgan yer maydonlaridan unumli foydalanishga, bo`sh qolgan maydonlar sarfini kamaytirishga va albatta eng asosiysi suvni tejashga erishamiz. Olimlarning aniqlashicha kelajakda suv tanqisligi yuzaga kelishi mumkin ekan, biz esa bunga befarq bo`lmagan holda bunday nohush vaziyat bo`lmasligiga o`z hissamizni qo`shmoqchimiz.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.