yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

"Mirzo Ulug‘bek Vorislari" Tanlovini Rivojlantirish Bo‘yicha Taklif

Muallif: Jaxongir Nazarov
Holati: Tasdiqlandi
"Mirzo Ulug‘bek Vorislari" tanlovi har yili yurtimizda 16-25 yoshdagi iste’dodli va ijodkor yoshlarga o‘z innovatsion loyihalarini taqdim etish uchun keng imkoniyat yaratadi. Shu yilning o‘zida mazkur tanlovga 40 mingdan ortiq yoshlar ro‘yxatdan o‘tgani uning mamlakatimizda naqadar qiziqish va e’tiborli ekanini ko‘rsatadi. Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi: 1. 1-bosqich – IQ testi; 2. 2-bosqich – Tuman bosqichida loyiha taqdimoti; 3. 3-bosqich – Viloyat bosqichi, unda viloyat bo‘yicha eng yaxshi 20 loyiha Respublika bosqichiga yo‘llanma oladi; 4. 4-bosqich – Respublika bosqichi, bu bosqichda 14 ta viloyatdan 280 nafar eng iste’dodli yoshlar bellashadi. Taklifning Maqsadi Mazkur tanlovni yanada samarali qilish va unga bo‘lgan yoshlarning qiziqishini oshirish uchun quyidagi taklifni ilgari suraman: Taklif Respublika bosqichigacha yetib kelgan ishtirokchilarni oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirish jarayonida qo‘shimcha imtiyozlar bilan taqdirlash. Jumladan: Respublika bosqichigacha yetib borgan ishtirokchilarni bakalavrdan keyin magistratura bosqichiga imtihonsiz davlat granti asosida qabul qilish. Taklifning Ahamiyati 1. Tanlovga qiziqish sezilarli darajada ortadi, iste’dodli yoshlar o‘z g‘oya va innovatsiyalarini amalga oshirishda yanada faol bo‘ladi. 2. Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga jalb qilish kuchayadi, bu esa mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi. 3. Innovatsion g‘oyalar soni va sifati oshadi, bu orqali yurtimizda global raqobatbardosh texnologiyalar va loyihalar yaratiladi. Mazkur tashabbus yoshlarning tanlovga bo‘lgan motivatsiyasini oshirib, ularning ilm-fan yo‘lidagi izlanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu imtiyoz yoshlarda katta rag‘bat uyg‘otib, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ko‘plab yangi g‘oya va innovatsiyalarning yaratilishiga zamin yaratadi.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.