yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Xududlarda yashil belbog' xamda umid bog'lari yaratish

Muallif: Nargiza Namazova
Holati: Tasdiqlandi
Har bir xududda ekologiyani asrab avaylash maqsadida ko'chat ekish bog' yaratishning yangicha uslubini qo'llash. Bunda xar bir yangi oila qurayotgan, farzandli bo'lgan fuqarolarga umid bog'lari yaratish uchun ko'chat ekish tartibini joriy etishni taklif qilaman. Deylik yangi qurilayotgan oila nikoh guvohnomasini olish maqsadida FXDYoga murojaat qilgandan so'ng unga yashash xududida 50 nafar ko'chat ekish va uni parvarish qilish vazifasi topshiriladi. Agar yilning qish va yoz fasllari bo'lsa, bu vaqtda fuqoro Umid bog'i jamg'armasiga 50 dona ko'chat uchun mablag" to'lashi lozim bo'ladi. Mablag'lar yig'ilib ekilgan ko'chatlarni sug'orish va parvarish etish uchun sarflanadi. Bu amaliyotni farzandli bo'lganlarga, maktabn bitirganining yubileyini nishonlovchilar uchun ham qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Natijada bir necha yillardan so'ng bu an'anaga aylanadi. O'zbekistonda tug'ilayotgan har bir chaqaloqning va xar bir yosh oilaning 50 dona daraxti bo'ladi. Eng muhimi ekologiya va atrof muhitga foydasi tegib, insonlar orasida daraxt ekishga, uni parvarish qilishga mehr uyg'onadi degan umiddaman.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.