Mutolaa ilovasiga Iqtiboslar (Hikmatli so‘zlar) nomli yangi funksiya qo'shish
Buyuklar, tarixiy shaxslar, yozuvchilar tomonidan hech zamonda o'z dolzarbligini yo'qotmaydigan iqtiboslar aytilgan. Bir yoki ikkita gapdan iborat iqtibos ulkan bir ma'noni o'zida mujassam etadi. O'zim 15 yoshimdan boshlab, iqtiboslarni o'qib, to'plab kelaman. Taklifim Mutolaa ilovasiga Iqtiboslar nomli yangi funksiya qo'shishdir. Bu qanday bo'ladi? Mutolaa ilovasida Iqtiboslar nomli funksiya bo'ladi va bu funksiyaga kirilsa, ichida shaxslar, mavzular, kitoblar kabi tugmalar kelib chiqadi. Misol uchun, shaxslar qismiga kirilganda, Alifbo tartibida shaxslar nomi chiqib keladi. Deylik, Tomas Edison tugmasi bosildi va Edison tomonidan aytilgan barcha hikmatli satrlar chiqib keladi. Mavzularga kirilsa, sevgi, do'stlik, urush, tinchlik va h.k. mavzularidagi iqtiboslar, kitoblar qismida esa, kitoblar nomlari chiqib keladi. Bitta kitob ustiga bosilsa, shu kitobdagi iqtiboslar chiqib keladi. Bu qanday afzalliklarga ega? Birinchidan, buyuklar tomonidan aytilgan fikrlar tizimli, tartibli va qulay bitta platformaga joylanadi. Istalgan odam kirib, iqtiboslarni o'qishi mumkin. Ikkinchidan, tarix uchun ulkan meros qoldiriladi. Ming yillardan keyin ham, buyuk fikrlarni avlodlarimiz bitta ilova orqali o'qiyverishadi.