yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Tibbiyot talabalariga USMLE imtixonlari uchun tayyorgarlik uchun uquv kurslari xarajatlariga amaliy yordam

Muallif: Vagif Sarvarov
Holati: Tasdiqlandi

USMLE (United States Medical Licensing Examination) — AQShda shifokorlik litsenziyasini olish uchun talab qilinadigan uch bosqichli imtihon tizimi. Bu imtihonlar tibbiyot talabalari va bitiruvchilarining tibbiy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, va kasbiy malakalarini baholash uchun ishlatiladi. Nima uchun oʻzbek talabalari Amerika imtihoniga tayyorlanishi kerak? degan savol tugʻulishi mumkin va bu imtihon haqidagi ma'lumotlar savolimizga javob beradi. USMLE imtihoni 3 ta boshqichdan iborat boʻlib bu imtihonni har bir bosqichi uchun alohida tayyorgarlik va kuchli bilim kerak boʻladi. Bir yil davomida USMLE imtihoniga tayyorlangan talaba tibbiyot sohasidagi eng soʻbgi va eng kerakli bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi va kelajakda yetuk mutahasis boʻlib yetiladi. Bugungi kunda tibbiyot sohamizdagi oqsashlar va kuchli kadrlarning yetishmasligi hech kimga sir emas. Men Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasiman va USMLE imtihoniga tayyorlashga ixtisoslashgan inDoc oʻquv markazida oʻqiyabman. Kursdoahlarim orasida va tanishlarimdan juda koʻpchilik bu kurslarda qatnashishga qiziqish bildirishmoqda, lekin asosiy muammo ulardagi koddiy kamchiliklar. Men kelajak kasblari loyihasi boʻyicha ingliz tili kurslarida qatnashib ingliz tilini oʻrgandim. Tibbiyot sohasidagi talabalar uchun ham kelajak kasblariga oʻxshash amaliy yordamlar juda foydali boʻlar edi. Bu masalani oxgina oʻrganib chiqib amaliy yordam koʻrsatsangiz koʻpchilik uchun manfaatli boʻlardi deb umid qilaman.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.