yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

O'zbekiston Madaniyat vaziri huzuridagi Yoshlar kengashi tashkil etish bo'yicha taklif

Yo'nalish: Madaniyat va san'at
Muallif: Bb Beka
Holati: Tasdiqlandi
O'zbekiston Madaniyat vazirligi so'ngi yillarda sohasini rivojlantirish va xalqimizning madaniy hayotini rivojlantirish borasida ko'pgina loyiha va tadbirlarni yuritib samarali ishlarni olib bormoqda. Lekin Yangi O'zbekistonning Yangi Madaniyat vazirligi yoshlar bilan ishlashda va ular bilan maslahatlashgan holda yangi loyiha va qarorlarni birgalikda bemaslahat ish yuritishda aniq bir mexanizmga ega emas. Bu sohada chet el tajribasiga etibor qaratsak Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi huzurida "Молодежный совет при Минестерства културы РФ" deb nomlangan yoshlar kengashi mavjud. Bu kengash Madaniyat va san'at sohasida yoshlar rolini oshirish va ularning davlat organlarida ta'sirini oshirish, yoshlarda davlat organida faoliyat yurutishga mehr uyg'otish va shu bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis kabi yuqori turuvchi bir qator davlat organlari bilan qaror loyihasida ustida ishlashda "labaratoriya" vazifasini amalga oshiradi. Kengash 1 dona kengash raisi, 2 rais orinbosari va 45 kengash a'zolari mavjud bo'ladi. Kengash a'zolarining yosh chegarasi 18-36 yosh bo'lishi kerak. Har bir a'zo kengash guvohnomasiga ega bo'lishi kerak. Kengash tarkibining 15 a'zosi vazir tomonidan saylanadi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.