yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Atrof muhitni har xil chiqindi va ahlatlardan asrash

Muallif: Abdiraim Toʻychiyev
Holati: Tasdiqlandi
Assalomu alaykum yaxshimisiz. Afsuski, hozirgi kunda har xil chiqindilar, plastmassa idishlar va hattoki sigaret qoldiqlarini tez tez atrofimizda uchratamiz. Modomiki, bu kabi ahlatlar inson sogʻligi va tabiatga naqadar ulkan darajada xavf keltirishi ayonligini hisobga oladigan boʻlsak, bu kabi muammolarga jiddiy eʼtibor qaratish bugungi kunda dolzarb masalaga aylandi. Taklifim mohiyati shundan iboratki, chiqindi va har xil ahlatlarni keraksiz joyga uloqtirayotgan baʼzi bir "qoʻshtirnoq ichidagi" shaxslarni (kerak boʻlsa) kameralarga (bevosita yoxud bilvosita) muhrlab moddiy zararni qoplatishni birinchi oʻrinda Toshkent shahri da keng miqyosda amalga oshirish, soʻngra esa respublikamizning boshqa mintaqalarida joriy etish zarur. Shuningdek xalqaro davlatlar tajribasini oʻrgangan holda (misol uchun Yaponiya, Shvetsariya..) atrof muhitni har xil chiqindi va ahlatlardan asrash uchun iqlim oʻzgarishi, ozon qatlamini yemirilishi va yerlarning shoʻrlanishini qisqartiruvchi ekologik loyihalarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq boʻlardi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.