SAT imtihonini O'zbekiston Oliy Ta'lim Muassasalariga o'tishi
Muallif:
Rayhona Abdug'Aniyeva
Holati:
Tasdiqlandi
Assalomu alaykum. Men hozirda 11-sinf o'quvchisiman. Yaqinda bo'lib o'tgan SAT imtihonida 1200dan yuqori ball to'pladim. Bilamizki, SAT imtihoni universitetlariga qay darajada tayyor ekanligimizni aniqlab beradi. Hozirda ham SAT imtihoni yoshlar o'rtasida ommalashishga ulgurdi. Ko'plab chet el universitetlari ushbu sertifikatdan yuqori ballga ega bo'lgan o'quvchilarga ma'lum darajada grant ajratadi. Biz xohlardikki, O'zbekistonda ham matematika fanini o'z ichiga olgan sohalarga ushbu sertifikat baliga qarab, Oliy Ta'lim Muassasalaridagi imtixonlaridan matematika asosiy va majburiy bloklariga belgilangan shaklda ball qo'shib berilsa barcha uchun manfaatli bo'ladi. Chunki ushbu imtihon uchun ota-onalarimizning puli va bizning yetarli darajada vaqtimizni sarflaymiz. Fikrimizni inobatga olsangiz biz yoshlar bundan faqatgina xursand bo'lib, o'qishga bo'lgan ishtiyoqimiz yanada oshadi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!