"Talabalar orasida amaliyotlarni ko'paytirish"
Muallif:
Niginabonu Dehqonova
Holati:
Tasdiqlandi
Bilamizki 4 yillik universitet davrida biz nazariy bilimlarni olamiz. Amaliyotga kelganda ularni qo'llashni bilmaymiz yoki universitetda olgan bilimlar bilan amaliyot qilib olgan bilimlar orasida katta farq bo'ladi. Ko'plab men kabi talabalar o'z sohasida qaysidir tashkilotda amaliyot qilmoqchi bo'lsa bunday imkoniyat yo'q, yoki bakalavrni tugatganlikni talab qiladi. Universitetlarga beriladigan sanoqli "stajirovka" lar ham hamma talabaga to'liqligicha e'lon qilinmaydi. Bakalavr talabalari uchun ham davlat va nodavlat korxonalar hamkorligida amaliyot, "stajirovka" lar ko'paytirilsa talabalar uchun judayam foydali bo'lardi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!