yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

"Talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish"

Muallif: Niginabonu Dehqonova
Holati: Tasdiqlandi
Toshkentga talaba bo'lib kelgan yilimni eslayman, endi talabaman nima bilan shug'illansam ekan? Degan savollar ko'p o'ylantirgan. Bu ko'pchilik talabalarimiz hayotida kuzatiladi, ya'ni maqsad o'qishga kirish... Undan keyinchi, undan keyin oldingidek harakat qilinmaydi, yoki harakati bor yoshlar ham imkoniyatlarni qanday foydalanishni bilishmaydi. Mening taklifim shundan iboratki, birinchi navbatda QS reytingida yuqori bo'lgan, Harvard, MIT, Standfor, Cambridge, Oxford kabi universitetlarga yoshlarimiz uchun sohalari bo'yicha "summer school" uchun imkoniyatlar yaratish va shuningdek ushbu grantlarni bir platforma yaratib shu platformaga joylab borilsa juda ham foydali bo'lardi. Masalan, qanday xalqaro yoki mahalliy grantlar, stipendiyalar, talabalar uchun stajirovkalarni ko'paytirib shu platformaga e'lonlar berilsa, har bir xohlagan talaba bu kabi barcha imkoniyatlardan foydalanish huquqiga teng ega bo'lsa judayam katta imkoniyat bo'ladi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.