yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Bandlik tizimini tubdan o'zgartirish va Ibrat farzandlari loyihasi negizida parallel Xalqaro bozorda o'ta  yuqori talablik zamonaviy kasblarni o'rgatish. Bular:(Santekniklik,Hamshiralik, logistiklik, Web dizaynerlik, Traderlik, ekologlik, m

Muallif: Alisher Gaybiyev
Holati: Tasdiqlandi

Ibrat farzandlari loyihasi chet tillari o'rganishda renassans bo'la oldi eng qiziq tomoni xususiy o'quv markazlarida chet tiliga qiziquvchilar yanada ko'paydi o'rtacha 20 foizga ko'paydi. 1.Bandlik tizimini tubdan o'zgartirish va Ibrat farzandlari loyihasi negizida parallel Xalqaro bozorda o'ta  yuqori talablik zamonaviy kasblarni o'rgatish. Bular:(Santekniklik,Hamshiralik, logistiklik, Web dizaynerlik, Traderlik, ekologlik, marketologlik, copy writerlik, YouTube Blogerlik, tikuvchilik, to'g'ri ovqatlanishni o'rgatuvchilik, sportni targ'ib qiluvchi lik kabi kasblar ) 2. Online bir kasbining o'rgatilishi monomarkazlarga yanada talablarni ortishi aniq ya'ni buni raqamlar ko'rsatib turibdi. (Iqtisodiyotda bunga o'xshatish Nonvoyxona yonida Nonvoyxona qurilsa ikkala tadbirkor uchun ham faqat talab oshishi kutuladi) 2.Bizning jamiyatimizning eng katta muammosi IJTIMOI tarmoqlardan to'g'ri foydalana olmasligi : 1)Dunyoda yoshlarimiz top 5 talikda turadi - eng ko'p IJTIMOI tarmoqlarda vaqt o'tkazish bo'yicha(kunida o'rtacha 3 soat) 2) Yoshlarimiz yangi ixtiro lar yaratishi top 50 talikda ham emas. Yuqoridagi muammolarni bartaraf etilishi uchun dunyoda g'oyalar kurashida biz kurashmasak ham yoshlarimiz kurash o'rtasida. Bugun biz befarq bo'lsak taxminan 2035-yilda 50 mln aholi bo'lganimizda 60 foizi yoshlar bo'lgan davlatning 30 mln aholisi dunyo jamoatchiligining elitasi bo'lishi biz uchun asosiy bugungi kun masalasidir. 3. Ibrat farzandlaridan yanada ko'proq kengaytirish uchun Imtihon o'tkazishga jamoatchilikni (mahalla kengashi 3 nafar faxriy nuroniylar, mahalla yettiligi kabi) jalb qilish ya'ni 7 sinf o'quvchilari dan chet tillaridan imtihon olinishi o'ta olmasa qayta topshirish imkoniyati bilan tizim yaratish loyihasi bor. Bu tizim ishga tushsa keyinchalik kasb-hunar sohasida ham qo'llanma bo'ladi. Boshlanishiga 1 dona maktab hududida bir xonani maslahat jamoatchilik xonasi qilib uchrashuv va qabul qilish tartibini shakllantirish faqat darsdan keyin albatta (qiziqtirgan savollar, shikoyatlar muloqot orqali bo'ladi) 4. Yoshlar yetakchilar tizimida yoshlar bilan uchrashuv kunini shakllantirish ( bu jamoatchilik kuchidan yana ko'proq foydalanish un yordam beradi) keyin sektor raxbari bilan uchrashuv o'tkazish bu muammolarni aniqlab to'g'ri va samarali yo'naltirishga olib keladi. 5.Hokim yordamchilari faqat bo'sh vakansiyaga ishga joylashish uchun yo'llanma berishi, to'g'risi aytganda bizning iqtisodiyotimizda norasmiy iqtisodiyot ulushi katta shu sababli ishga joylashmoqchi bo'lgan fuqaro va yoshga umumiy ishga kirish bo'yicha yo'llanma (umumiy yo'llanma) berish tartibini shakllantirish faqat xususiy sektorda. (Eng asosiy sharti yo'llanma berilgan shaxs hozirda ishsiz deb e'tirof etilmasligi sababi fuqaro norasmiy band deb topilishidir) Buning hayotiy asosi fuqaro mavsumi ishlarda ishlaydi biroq hozirda ishini almashtirmoqchi) 1) Foydalari yashirin iqtisodiyot ulushi kamayadi. 2)Bandlik tizimida rasmiy bandlar soni ko'payadi. 6. Oliy ta'limni tugatganiga 2 yildan oshmagan talabalar so'rovi alohida tizimlashtirish ish qidiruvchi qilib elektron ish beruvchilarga bo'g'lash 2 tomon o'rtasida elektron ish beruvchilar va talab yani bitiruvchilar bitirganganiga 2yildan oshmagan talabalarni platforma orqali mehnat yarmakalari va yarmakalarga taklif qilish tizimi ( oliy ma'lumotlik shaxs ish qidirganda tanlov ko'p bo'lishi va qo'shimcha zamonaviy kasb o'rganishi uchun imkoniyat ko'p bo'lishi bu zamon talabidir.) 1) Talabalar o'qish davomida ishlashi yoki ish o'rganuvchi bo'lishi jarayonida 10 foizlik qo'shimcha stipendiyalar berilishi bandlikdagi ijobiy o'zgarishlarni yanada rag'batlantiradida.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.