"Mehr darslari"
Muallif:
Davron Ergashev
Holati:
Tasdiqlandi
Uzoq yillar mobaynida tabiatga yetkazilgan ta’sir oqibatida tabiiy muvozanatga putur yetdi. Bugungi kunga kelib esa, insoniyat tamadduni, uning ertangi taqdiri aynan shunday masalalarni hal etishni taqozo qilmoqda. Ayni chog‘da ekologik muammolarni hal etishda tejamkor, ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini izchil olib borish yoki sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlar ularni hal etishda yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga oqilona munosabatda bo‘lish, tabiat ne’matlarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini shakllantirish antropogen ta’sirlarning oldini olishda asosiy omillardandir. Bunda ekologik ta’lim-tarbiyaning ahamiyati ham nihoyatda yuqori. Zero, ekologik ta’lim-tarbiya tabiat va jamiyat o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda tabiiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, ekologik ta’lim-tarbiya yoshlarni tabiatdan ongli ravishda foydalanish va ular qalbida tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish hamda tejamkorlikka o‘rgatishda qo‘l keladi. Albatta, yosh avlod qalbida tabiatga nisbatan hurmat hissini shakllantirish va rivojlantirish muhim masalalardan sanaladi.
So‘nggi paytlarda mushuk, it, eshak kabi uy hayvonlari kaltaklangani, urib, hatto osib o‘ldirilgani holatlari ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez aylanyapti. Jonivorlarni qiynog‘ga solayotganlar ruhiy xasta emas, aqli raso odamlar ekani xavotirli.
Ekologik tarbiyani ta’lim muassasalaridan boshlash kerak. Aynan hayvonlarga mehr-shafqat darsini o’tish orqali o’quvchi yoshlar qalbida ijtimoiy mas’ullikni shakllantirish zarur.
Yoshlarning eko savodxonligini oshirish, atrof-muhitga muhabbatini kuchaytirish orqali bio xilma-xillikni asrashga ko‘maklashish. O‘quvchi yoshlar o‘rtasida ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishi va uysiz hayvonlarga mehrli bo‘lish, O‘zbekiston flora va faunasini asrash bo‘yicha “Mehr darslari”ni o‘tkazish;
Yoshlarga amaliy bilim berish orqali atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini yaxshilash va o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!