Interaktiv Ta'lim Stansiyasi
Muallif:
Boburjon Nishonov
Holati:
Tasdiqlandi
Interaktiv Ta’lim Stansiyasi
Men "Interaktiv Ta’lim Stansiyasi" loyihasini taqdim etmoqchiman, bu loyiha maktabda ta’limni yanada qiziqarli va samarali qilishga qaratilgan. O‘quvchilar virtual va kengaytirilgan haqiqat texnologiyalaridan foydalanib, darslarni interaktiv tarzda o‘rganish imkoniga ega bo‘lishadi.
Loyihaning maqsadi:
-O‘quvchilarga interaktiv texnologiyalar orqali bilim olish imkoniyatini yaratish.
-Darslarni amaliy va qiziqarli qilish.
-O‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishini oshirish.
Afzalliklari:
-Zamonaviy texnologiyalarni ta’limda qo‘llash.
-O‘quvchilarga yangi o‘rganish usullarini taqdim etish.
-Ta’lim sifatini oshirish.
Ushbu loyiha maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqadi va o‘quvchilarga ilg‘or bilimlar olish imkonini yaratadi.
Men bu loyihani taklif qilayotganimning sababi ko'p maktablarda ayniqsa chekka-chekka hududlardagi maktablarda darslar zerikarli bo'ladi faqat kitobdan o'qib o'qituvchilar shuni og'zaki tushuntirib beradi. Biz kabi o'qishga qiziqishi bor bolalarning ham ba'zida bular juda qiynaydi ya'ni qo'shimcha o'rgatish usullari yo'qligi. Shuning uchun bu loyiha juda foydali bo'ladi deb o'ylayman.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!