Vertikal tarzda o'simliklar yetishtirish.
Assalomu alaykum. Men hozirda Janubiy Korea Respublikasida ta'lim olib kelmoqdaman. Koreada yerlar maydonlari kichikligi bois vertikal tarzda sabzavot va ko'katlar yetishtirilishining guvohi bo'ldim. Buning uchun kichik bo'laklarga bo'linjadigan va istalgan joyga o'rnatish yoki harakatlantirish osson bo'lgan qoliplardan foydalaniladi. O'simliklar tuproq emas mineral moddalar bilan boyitilgan suv yordamida o'stiriladi. Vertikal tarzda ko'katlar yetishtirish 1 ko'kat egallashi mumkin bo'lgan joyda 20dan ortiq ko'kat ekishlik va uni odatiy yerga ekish usulidan ko'ra 2-3 barobar tezroq muddatda yetishtirish imkonini beradi. Ekin ekish uchun maxsus yer maydonlarini tayyorlashga xojat yo'q. Shunchaki qoliblarni qulay joyga hattoki tomga o'rnatsa ham bo'ladi. Bu orqali tezroq va ko'proq hosilga erishishlik mumkin.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!