yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

"Fikrlar majlisi"kitobxonlik munozara klubi

Muallif: Rayxona Abdiyeva
Holati: Tasdiqlandi
Oxirgi yillarda ilgari surilayotgan kitobxonlik g'oyalari va uning targ'iboti bilan barchamiz faxrlansak arziydi.U asosida necha minglab insonlarning kitobga muhabbatlariga erishayotganimiz, millat ravnaqi yo'lida qo'yilgan bu qadamni yuksak ta'riflasak arziydi . O'ziga xos takliflar inobatga olinar ekan , "Son emas sifat muhim "shiori ilgari surilgan bu loyihada Kitobxonlarning O'tkir va o'ziga xos dunyoqarashlari ostida har bir o'qilgan kitob muhokama qilinadi. Bu loyiha davomida ham teran fikrlash g'oyasi,ham ularning kitobga do'stliklariga erishiladi .Kitobni o'qir ekanmiz, hayotiy nimanidir tushunsak xursand bo'lib ketamiz,ayniqsa nechta kitob o'qisak o'shancha hayotni yashab o'tgandek bo'lamiz .Bundan aniqki, demak, biz kitob o'qiganimizda boshdan kechirishimiz uchun talab qilinadigan vaqtni bir zumda bosib o'tamiz , ham muallifning nazari bilan u jarayonga nazar tashlaymiz . Agar shu jarayon nafaqat kitobxon va muallif nazari ostida , balki boshqa o'nlab va undan ortiq kitobxonlar xulosalari bilan boyitilsa qanday qimmatli ilm bo'lib xizmat qilishi mumkin deb o'ylaysiz ? Bu klub faoliyati har haftaning qaysidir belgilangan kunida aniq tartibda o'tkazilishi va bu jarayonda fikrlar birinchi yozma tarzda yozilishi va shu asosida kerakli qismlar ,ma'nolar chuqurroq o'rganilishi rejalashtirilmoqda. Yozma tarzda yozgandagina ongimizning chuqur qismigacha sho'ng'iy olar ekanmiz, bu tarzda fikrlarni jamlab, tartiblab olishni va shu asosda uni boshqalar bilan baham ko'rishni sifatli deb bildim . Eng kuchli va teran topilgan fikrlar egalari loyihaning har sonida hisoblab borilib , har oyda taqdirlab borilganda esa ular uchun yanada qiziqarli va mazmunli muhit hisoblanar edi. Qo'shimcha sifatida, jarayonga ayrim qo'shimchalar kiritishni ham ko'zdan qochirmadim .Birinchidan, agar bir kitobni butun guruh bir vaqtda o'qishlari noqulaylik tug'dirgan taqdirda 2- reja ham maqsadga muvofiq bo'lar edi . Ba'zida insonlar ularga o'qish uchun berilgan kitoblarni emas, o'zlari afzal ko'rganlarini o'qisa ko'proq qiziqish va xulosaga ega bo'lishadi . Aynan bir kitob emas bir necha kitob dan muhokamaga arzirli qismlar kitobxonlarga tarqatiladi va ular orasidan kamida bir kishi o'sha kitobni o'qib tugatgan bo'lishi kerak, boshqalar esa boshqa kitobni o'qigan bo'lishadi.Bir guruh kitob tanlangan va o'qilgan , ulardan muhokama qismlar tarqatiladi. Berilgan bir qismni o'qishgach, hamma o'z xulosalarini birma bir bayon qilishadi va oxirida kitobni o'qib tugatgan kitobxon butun mazmundan kelib chiqib fikrini aytadi.Davomiylikka ko'ra bu jarayon sonlari va bir kitob muhokamasiga vaqt belgilanadi. Tahliliy xulosalar chiqarilib eng samaralisi sari qadam tashlab boriladi . Bunda nafaqat mazmun,xulosaviy fikrlash ,balki tanqidiy fikrlash ko'nikmalari ham oshirilishi ko'zda tutiladi . Ayrim geometrik masalalar , balki boshqa fanlarda ham teskari usullar vaziyatga aniqlik bilan, mantiqan qarashni o'rgatadi , shu sababdan insonning zakovati va dunyoqarashi uning aqlan va shaxsan kimligini belgilaydi .
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.