yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Talabalar uchun ilmiy maqola va tezislar yozish haqida bilimlarni jamlagan platforma yaratish

Muallif: Dilnoza Rustamova
Holati: Tasdiqlandi
Bugungi kunda koʻplab talaba yoshlar oʻquv jarayoni davomida ilmiy maqolalar va tezislar yozib, chop ettiradilar, ammo bu boʻyicha ma’lumotlar va tavsiyalar jamlangan baza bizda mavjud emas. Shu sababdan ilmiy maqola yozish tartibi, qoida va talablar, maslahatlar va foydali usullar jamlangan onlayn platforma yaratiladi. Turli yoʻnalishlar, mutaxassisliklar kesimida eng yaxshi maqolalardan namunalar joylab boriladi, shuningdek, oʻzbekiston va xalqaro nashrlar, barcha oʻtkaziladigan ilmiy anjumanlar haqida oldindan e’lonlar berib boriladi. Talabalar turli konferensiyalarning qachon va qayerda oʻtkazilishi haqida oldindan xabardor boʻladilar hamda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.