yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Uchuquduq tumanida Ibrat farzandlari o'quv markazi ochish

Muallif: Olimjon Nortojiyev
Holati: Tasdiqlandi
Assalomu alaykum men Nortojiyev Olimjon Alijon o'g'li Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 2 yildan buyon repititorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayapman, men 2 yil davomida tumanimizda bolalarning ilmga chanqoqligini ko'rib ular uchun qulay sharoitga ega bo'lgan hamda zamon talabiga mos keladigan o'quv markaz ochishni maqsad qildim. Mening taklifim shundan iboratki bizning tumanda ham Jizzax shahrida ochilgan Ibrat farzandlari akademiyasidek o'quv markaz bo'lishi va bu o'quv markazda chet tillarni o'rgatishdan tashqari IT dasturlash, matematika hamda kelajak kasblari loyihalarini keng ko'lamda amalga oshirish bo'ladi. Bu taklif qabul qilinsa men bu loyihani amalga oshirish uchun qo'limdan kelgan barcha imkoniyatlarimdan foydalanam.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.