Milliy ensiklopediya
Ma'lumki O'zbekiston milliy ensiklopediya hamma yoshlar uchun qiziqarli hisoblanadi, ammo milliy ensiklopediya anchadan buyon tahrirlanib boryotgani yo'q. Taklifim shundan iboratki milliy ensiklopediyani boyitib zamon talabiga moslashtirib borish va "Milliy ensiklopediya" nomli mobil ilova ishlab chiqish kerak yoxud "Mutolaa" nomli mobil ilovani yana ham takomillashtirgan holda uning tarkibiga lohida "Milliy ensiklopediya" bo'limini qo'shish kerak bo'ladi, bundan tashqari https://ensiklopediya.uz veb-sahifasini ham zamon talabiga mos ravishda yangilash zarur.
Agarda "Milliy ensiklopediya" mobil ilovasi ishlab chiqilgan taqdirda uning tarkibida veb-sahifada o'rin egallagan O'zbekistonning qiziqarli ma'lumotlari to'plamlari joy olishi mumkin bo'ladi. Ushbu taklifim juda dolzarb va milliy ma'naviyatni boyitish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu loyiha milliy bilim bazasini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalar qo'llagan holda foydalanish orqali yoshlar va keng jamoatchilikka yanada qiziqarli va foydali ma'lumotlar taqdim etishda katta rol o'ynaydi.
Keyinchalik ushbu taklif amaliyotga ko'chgan taqdirda milliy ensiklopediyaning o'zbek tilidan tashqari rus, ingliz, xitoy, arab, nemiz, ispan, turk va boshqa xalqlarning yurtimizga qiziqishlarini oshirishga va yetarli ma'lumotlarga ega bo'lishlariga ko'maklashish maqsadida qo'shish muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Bunda xorijlik foydalanuvchilarning e'tiborini tortish orqali yurtimizda turizm sohasini ham jadal rivojlantirish mumkin bo'ladi.
Izoxlar (2)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!