yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Yosh tadbirkorlarga jarimalarni kamaytirish

Muallif: Dilyorbek Rustamov
Holati: Tasdiqlandi
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 4-ILOVA bilan "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari" belgilangan. Ma'lumki ushbu jarimalar qatorida eng kam va eng ko'p jarima miqdorlari bazaviy hisoblash miqdorining 20 (hozirgi kunda 7 500 000 so'm) baravaridan 300 (hozirgi kunda 112 500 000 so'm) baravarigachani tashkil etadi. Ayrim holatlarda tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo'yicha yoshlar yetarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmasligi mumkin bo'lgan holatlar kuzatilishi bois litsenziya, ruxsat berish yoki xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirmaganligi sabali bunday miqdorlarda moliyaviy sanksiyalar qo'llanilishi yosh tadbirkorlarga faoliyatini va o'z mustaqil biznesini davom ettirishiga qiyinchilik tug'diradi shu sababli ushbu miqdorlarni yosh tadbirkorlar uchun ilk marotaba sodir etilganida 50% chegirma (kamaytirish) asosida belgilash yoki birinchi marotabasiga ogohlantirish berish va litsenziya olish, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirishga ko'maklashish kerak deb o'ylayman. Yoxud ushbu ogohlantirish yoki jarima miqdorlarini kamaytirish ma'qul ko'rilmagan taqdirda jarimalarni to'lashni kechiktirish imkoniyati berilishi kerak.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.