Yoshlarni zamonaviy kasblarga yo'naltirish
Muallif:
Husnobod Valijonova
Holati:
Tasdiqlandi
Hozirgi kunda hayotimizga turli xil zamonaviy kasblar kirib kelmoqda va insonlar asosiy daromadlarini shu kasblar orqali topishadi. Ko'pchilik insonlar maktab va oliy ta'limni ta'momlagach ish topishda qiynalishyapti chunki hozirgi kunda oliy taʼlimda o'qitiladigan fanlarni o'zlashtirib mutaxassis boʻlib chiqish qiyin. Qachonki sohadagi fanlar bilan birgalikda til, IT, SMM kabilarni o'rgansagina kerakli mutaxassis bo'lish mumkin. Talabalik davrida esa qo'shimcha kurslarga borib zamonaviy sohalarni o'rganishga insonlar sharoit qila olishmaydi shu sababli ham bunday sohalarni maktab va oliy ta'lim tizimiga kiritish mutaxassislarni yanada yetuk bo'lishlarini va bitiruvchilarni ish topa olish, yaxshi daromad qilish darajalarini oshiradi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!