O`quv markazlari ochishda yengilliklar yaratish masalasida
Assalomu alaykum, hurmatli tashkilotchilar! Birinchi o`rinda sizlarga bizning fikrlarimizni tinglash uchun yaratilgan platforma uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Fikrimcha, so`nggi yillarda O`zbekistonda mustaqil ta`lim muassasalari, ya`ni o`quv markazlari tezlikda rivojlanmoqda, ammo ular davlat bilan hamkorlik qilishda tizimli yondashuvga ehtiyoj sezishmoqda. Shu sababli Yoshlar ishlari agentligi huzurida o`quv markazlari bilan ishlash markazi tashki etilsa va bu markaz 3 xil maqsad qisqa, o`rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini o`quv markazlariga tuzishda yordam bersa. Shu asnoda ular katta xususiy maktabgacha ta`lim muassasi, xususiy maktablar va oliy ta`lim muassalariga aylana olishadi. Shu tariqa davlat gardanidagi ta`lim ma`lum bir miqdorda yengillashadi ham yangi soliq to`lovchilar ham paydo bo`la boshlashadi. Umid qilamanki, Yoshlar Forumida ushbu taklifni ommaga taqdim qilish imkoniyati menga nasib qiladi. Hurmat bilan Alisher Sa`dullayev