Kitobxonlik va online ta'limni rivojlantirish.
Assalomu alaykum . Yoshlarni kitobxonlikka targ‘ib qilish va hozirgi kunda rivojlanayotgan online ta'limni qo‘shimchalar qo‘shish va yanada rivojlantirish . Hozirgi kunda '" Yosh kitobxon " tavlovi bo‘lmoqda , bundan tashqari " Jadidlar izidan " tanlovi 2024-yildan o‘tgazila boshladi . Bular ajoyib albatta . Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va bosmadan chiqqan 7 qismdan iborat " Uyg‘onish " to‘plamidan ham alohida ko‘rik tanlov qilish lozim . Nega aynan shundan ? Chunki bu to‘plamda bizning ilm-fanga katta hissa qo‘shgan 7 ajdodimiz haqida teran fikrlar va ma'lumotkar mavjud . Har bir maktab darsliklariga qisqacha kiritilgan , salkam har bir darslikning yaralishiga katta hissa qo‘shgan ajdodlarimiz keltirilgan ( Muso al-Xorazmiy , Ahmad al-Farg‘oniy , Imom Ismoil al-Buxoriy , Abu Mansur Moturidiy , Abu Nasr Farobiy , Abu Rayhon Beruniy , Abu Ali Ibn Sino ) . " Uyg‘onish" to‘plami asosiga ham kitobxonlik tanlovi tashkillashtirish kerak . Tillar bilish bo‘yicha har bir mahalla va har bir tuman bo‘yicha sardorlar tayinlanishi , Huddi shunday hozirda Yoshlar ishlari agentligi va Xalq banki hamkorligida tashkil etilgan " Mutolaa " ilovasini , kitobxonliknintarg‘ib qilish uchun , har bir mahallada , tumanda , viloyatda , respublikada alohida sardorlar jamoasi tashkil etilishi zarur . Avval bu sardorlarni tablab olib , ularga ishlarini qanday qilishi , o‘quvchilarni , yoshlarni qanday o‘zlariga jalb qilishlari to‘g‘risida tushintirishlar , kerak bo‘lsa kurslar o‘tilishi lozim. Hozirgi kunda online , internet ta'limi rivojlanib ketmoqda . Yoshlar , umuman odamlar uchun bepul platformalar ochilgan . "Ibrat farzandlari " - Til bo‘yicha , " Ustoz Al " - zamonaviy kasblarga yo‘naltirish bo‘yicha . Huddi shunday fanlarga , aniq , tabiiy fanlarga alohida ilova , platforma yaratilishi kerak . Bizning achchiq haqiqatlarimizdan biri oliy ta'limga kirish uchun maktab bilmi yetarli emas deb o‘ylayman. Ko‘plab insonlar qo‘shimcha repitetor kurslariga borishadi . Shuni biz online , iloji boricha bepul qilishimiz kerak . Algebra , Geometriya , Biologiya , Kimyo , Fizika , Chizmachilik (Muhandislik ) fanlari shu ilovada mujassam bo‘lsa odamga yengillik bo‘ladi , yulga ketadigan vaqti tejaladi , sarf - xarajati sezilarli darajada kamayadi . Yana shuni aytib o‘tmoqchiman ushbu ilova ( yoki platforma ) ga notiqlik san'atini ham qo‘shiahimiz lozim , chunki har bir ishni qilishda inson auditoriyani o‘ziga jalb qila bilishi lozim . Biz ko‘pchiligimiz auditoriya oldiga chiqsak tutilib , gapirolmay qolamiz , gapirolsak ham to‘g‘ri yetkazib beraolmaymiz , shu bo‘yicha notiqlik san'ati ham qo‘shilishi kerak . Online ta'lim va kitobxonlikni targ‘ib qilishni bog‘laymiz . Online targ‘ib qilish , bunda online telegram kanal , guruh . Instagram , Tik-tok , YouTube va shu kabi qator platformi , ilovalarda kitobxonlik bo‘yicha konkurslarni muntazam to‘xtatmay qilib turish lozim . Kitob o‘qing , kitob yuting !