Nomli va Prezident stipendialarini qayta ko'rib chiqish
Muallif:
Axrorbek No'Monjonov
Holati:
Tasdiqlandi
Assalomu alekum men No'monjonov Axrorbek 2-bosqich magistrantiman. Taklifim quyidagicha bilamizki nomli davlat stipendiyalarida 3 ta fandan imtixon bo'ladi, test yoki suhbat asosida nomzodlar saralanib olinadi. Shu fanlar orasiga mutaxasislik fanlaridan ham suhbat qo'shishni taklif qilaman. Chunki nomli stipendiya olgan talaba mutaxasisligi bo'yicha ham bilimga ega bo'lishi kerak deb o'ylayman. Stipendiya olgan talaba imtiyoz asosida magistraturaga kiradi bu degani kelajakda katta ehtimol yoshlarga ta'lim berishi kerak bo'ladi, o'zi bilimga ega bo'lmay turib qanday boshqalarga bilim berish mumkin. Men juda ko'p guvoh bo'lganman o'zini mutaxasisligini bilmay turib nomli davlat stipendiyasini olgan talabalarni. Bu bizni tobora jarlikka tortadi, chunki bilimli talabalar qandaydur qo'shtirnoq ichidagi sabablar tufayli qolib ketishyapti. Shuning uchun mutaxasislik fanlaridan suhbat qilib munosibini tanlab olishni taklif qilaman.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!