yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2022

Nodavlat (xususiy) ta'lim muassasalari uchun sifatli va arzon internet ta'rifini ishlab chiqish

Muallif: Temurbek Adhamov
Holati: Tasdiqlandi

Assalomu alaykum, hurmatli tashkilotchilar! Avvalo, taklif va fikrlarni tinglash, ularni tadbiq etish maqsadi tayyorlangan platforma uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman! So'nggi yilllarda O'zbekistonda xususiy ta'limga bo'lgan e'tibor kuchamoqda. Ularni rivojlantirish maqsadida qarorlar ishlab chiqilmoqda, yengilliklar taqdim etilmoqda. Shu o'rinda xususiy ta'lim bo'yicha yana bir masalaga e'tibor qaratishingizni so'ragan bo'lar edim. Bilamizki, xususiy ta'lim dargohlarida (maktab, institut va universitet, o'quv markazlari ) tabiiy ravishda o'quvchilar soni ko'p bo'ladi va ayni paytda sifatli (!) va tezkor (!) internet ehtiyojga aylanib ulgurgan, lekin ta'lim muassasalari (ayniqsa viloyat va chekka hududlardagi o'quv markazlar) tezkor internet tugul odatiy internetni faollashtirish uchun ham jismoniy shaxsga qaraganda 4-12 barobargacha qimmatroq to'lov qilishga majbur bo'lmoqda. Lekin nodavlat xususiy ta'lim muassasalari uchun alohida ta'rif ishlab chiqish yoki bo'lmasa ularga jismoniy shaxs ta'rifida xizmat ko'rsatish masalasini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Yuqorida aytganimdek tezkor va sifatli internet bilan ta'limni yanada yaxshi yo'lga qo'yish, vaqtni va asabni (!) tejash mumkin. Ishonamanki, bu ishni amalga oshirish bilan biz faqat yutamiz.

Hurmat bilan Temurbek Adhamov

Izoxlar (2)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.