yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Joylarida Yoshlarni Bandligini Ta'minlash va Pensionerlar O‘rniga Yoshlarni Ishga Olish

Muallif: Abdumo'Min Qirg'Izov
Holati: Tasdiqlandi

Yoshlarni ishga joylashtirishni kuchaytirish va pensionerlar o‘rniga yoshlarni ishga olishni rag‘batlantirish, O'rta va oliy talimdan keyingi yoshlar uchun bandlik imkoniyatlarini kengaytirishdir. Bu nafaqat yoshlar uchun, balki iqtisodiy o‘sish va jamiyatda yangi imkoniyatlar yaratish uchun ham muhimdir. O‘zbekiston yoshlarining 25% dan ortig‘i ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. O'rta va oliy talimdan keyingi yoshlarning ishsizlik darajasi yuqori. Dunyo bo‘ylab, yoshlarni ishga joylashtirishga qaratilgan dasturlar muvaffaqiyatli natijalar ko‘rsatmoqda Pensionerlarning mehnat bozoridagi tajribasi muhim, lekin yoshlar zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishda yuqori salohiyatga ega. Yoshlarni ishga olish nafaqat jamiyatni yangilaydi, balki iqtisodiyotga yangi dinamika kiritadi. O‘zbekistonda yoshlarni ishga joylashtirish va bandligini ta'minlash bo‘yicha mavjud dasturlar ijobiy natijalar bermoqda, ammo bu jarayonni yanada samarali qilish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar talab etiladi. Yoshlarni ishga joylashtirishni rag‘batlantirish, pensionerlar o‘rniga yoshlarni ishga olish va kasb-hunar ta'limini yanada takomillashtirish orqali ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash mumkin. Bu, nafaqat yoshlarning imkoniyatlarini kengaytiradi, balki jamiyatning rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.