" Yosh lingvistlar" Respublika tanlovi
Bu tanlov Respublika miqyosida oʻtkazilgani holda nafaqat o'zbek, balki o'zbek, qoraqalpoq, ingliz,rus va boshqa chet tillarining o'ziga xos va umumiy jihatlarini qamrab oluvchi va hatto ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan wikisaytlarda eng kam e'tibor berilayotgan tillarga ham urg'uni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu musobaqa quyidagi asoslarga binoan yoshlar orasida o'zina to'liq foydali ekanini isbotlaydi: birinchidan, yoshlar o'rtasida o'z ona tili yoki o'zi o'rganayotgan tillarni jamoat oldida namoyish eta bilish va o'z sa'y harakatlaridan faxrlanish, shu bilan birga chuqur ilmiy izlanish ishlarini olib borish qobiliyatini rivojlantirishni taʼminlaydi. Ikkinchidan, Alisher Navoiy, Mahmud Koshgʻariy yoki Farobiy kabi tilshunoslar hayotiga sinchkov nazar orqali, zamonaviy texnalogiyalarga tayangan holda solishtirma tipologiyalarga asos solishi va o'z navbatida lingvistika sohasida yangi bilimlarni orttirish va ularni ijtimoiy-rasmiy tarmoqlarda keng tarqatish va til savodxonligini yana bir pag'onaga oshirish.
Uchinchidan, yoshlar orasida guruh bo'lib ishlash va liderlik qobiliyatlarini aniqlash va zarur bo'lgan paytda tayyor kadr sifatida ularni davlat ishlariga yetkazib berishni o'z ichiga oladi, masalan, markaziy shaharlardan uzoqda joylashgan qishloq mahallarda mutaxassis o'qituvchi sifatida ish bilan taʼminlanishi.
Ushbu musobaqa tizimlashtirilgan 3 bosqichda, xuddi " Mirzo Ulugʻbek vorislari" tanlovi kabi rag'batlantirib borilsa, bu Respublika ko'lamida ona tili va xorijiy tillarga bo'lgan e'tibor va qiziqishni yanada chuqur ildiz otishiga ishonaman, va biz yoshlar o'z navbatida, bizga yaratilayotgan har qanday imkoniyatlardan toʻliq foydalanishga va davlatimiz rivojiga o'z hissamizni sezilarli darajada qo'shishga tayyormiz.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!