O'zbekistonda sport va salomatlikni yanada rivojlantirish taklifi
O‘zbekiston sport va sog‘lom hayot tarzi rivojida mislsiz yutuqlarga erishmoqda. Mamlakatimizda zamonaviy sport inshootlari barpo etilib, yoshlar va aholining barcha qatlamlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar tufayli xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelmoqda.
Sportni yanada rivojlantirish va aholining sog‘lom turmush tarziga o‘tishini ta’minlash uchun maktab va mahallalarda sport to‘garaklarini kengaytirish kerak deb o'ylayman. Bir necha sovrinli musobaqalar va ommaviy sport tadbirlari tashkil etish orqali xalqni sportga jalb qilish samarali natija berishi mumkin. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali sog‘lom turmush tarzi haqida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, yana bir necha qiziqarli sportga asoslangan media kompaniyalarini yaratish zarar qilmaydi. Sog‘lom hayot tarzi va sportni targ‘ib qilish yurtimiz rivojlanishi va xalqimiz salomatligining muhim poydevoridir.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!