yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida "Yoshlar oyligi"ni tashkil qilish

Yo'nalish: Xalqaro aloqalar
Muallif: Ra'Noxon Abdullayeva
Holati: Tasdiqlandi
Turkiy xalqlarga hos milliy qadriyatlarimiz, an’ana va madaniy yaqinligimiz salbiy ommaviy madaniyatga qarshi birgalikda harakat qilishimizga asos bo‘ladi. Mentalitetimizga yod bo‘lgan illatlarga yoshlarda immunitet hosil qilish maqsadida qardosh xalqlar TDT doirasida har yili yoshlar uchrashuvi oyligini tashkil qilish kerak. Bir oy davomida sport, adabiyot, san’at, rassomchilik, musiqa yo‘nalishlarida har bir a’zo davlatdan yoshlar yig‘ilib, o‘z mahoratlarini namoyon qilsalar maqsadga muvofiq. Bu tajriba ko‘plab ijobiy natijalar beradi, jumladan, turkiy tilli davlatlarning madaniyati va san’ati bilan yoshlarni yaqindan tanishtirish, sayohat davomida tashrif buyurilgan davlat haqida yoshlarda taassurot uyg‘otish va dunyo qarashini kengaytirish, yoshlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini bog‘lash, ochiq hamkorlik olib borish kabi imkoniyatlarni yaratadi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.