Tibbiyot yoʻnalishida tahsil olayotgan talaba qizlarni raqamli texnologiyalar boʻyicha tahsil olishini moddiy ragʻbatlantirish
Muallif:
Muxtasar Zokirova
Holati:
Tasdiqlandi
Ma’lumki, 21-asr ,,Axborot-texnologiyalari asri”. Kundan kunga raqamli texnologiyalarga talab oshib bormoqda va bu barcha yoʻnalishlarda ommalashmoqda. Shu jumladan tibbiyot yoʻnalishida ham raqamli texnologiyalar muhim oʻrin egallashni boshladi va tibbiyot talabalari orasida ham raqamli texnologiyalarni oʻrganishga boʻlgan talab ortishiga sabab boʻldi. Biz bilgan yetakchi mamlakatlarning tibbiyot yoʻnalishi talabalari ham oʻz oʻquv jarayonlarini raqamli texnologiyalarga aloqador holatda oʻrganishni boshlashdi. Shuni hisobga olgan holda aynan tibbiyot yoʻnalishi talaba qizlarni raqamli texnologiya va IT yoʻnalishida tahsil olishlari uchun moddiy ragʻbatlantirish kerak deb oʻylayman. Bu tibbiyot yoʻnalishi talaba qizlari uchun yangi va zamonaviy kasblarni egallashga boʻlgan qiziqishni oshirish, stereotiplarni yoʻqotish, yangi usullar, yoʻnalishlarni ochish, tibbiyotimiz uchun kerak boʻlgan innovatsion gʻoyalar, loyihalarni shakllanishiga yordam beradi. Raqamli texnologiyani faqatgina moddiy imkoniyati yetmayotganligi uchun oʻrgana olmayotgan necha-necha qizlarni orzusini amalga oshirishda ham davlatimiz oʻz yordamini ayamasa, biz ham bunga javoban albatta Oʻzbekiston tibbiyotini eng yetakchi davlatlar orasiga qoʻshishga harakat qilamiz
Izoxlar (7)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!