yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Raqamlashtirilgan ta‘lim muhitida boshlang‘ich ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish.

Muallif: Hamida Raxmatova
Holati: Tasdiqlandi
Assalomu alaykum! Bugungi globallashuv va sun‘iy intellekt davrida boshlang‘ich ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bilmini oshirish hamda fanga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish uchun bir nechta takliflarni bermoqchiman. 1-taklif Avvalambor bo‘lajak boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilarini raqamli texnologiyalar bo‘yicha dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ta‘lim tizimida "Artificial intelligence" deb nomlanuvchi yangi platformani joriy qilish kerak. Bu platforma orqali boshlang‘ich sinf o'qituvchilari raqamli texnologiyalar orqali zamonaviy noan'anaviy tizimga o‘tadi. 2-taklif Boshlang‘ich sinf darslarida sun‘iy intellektni olib kirish orqali o‘quvchilarning tushunish jarayonini osonlashtirish. Buning maktablarda 3D sinfxonalarni tashkil qilish kerak. O‘quvchilar tabiiy fan, tarbiya, matematika yoki ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida oddiy 3D ko‘zoynaklari orqali yangi olamga sayohat qiladilar va jarayonda bevosita o‘zlari ham ishtirok etadi. Masalan deylik o‘qituvchi tabiiy fandan "Sayyoralar" mavzusini o‘tyapti. O‘qituvchi minglab so‘zlar orqali mavzuni bolalarga tushuntirgandan ko‘ra birgina 3D ko‘zoynak orqali o‘quvchilar koinotga sayohat qiladi, Quyoshning eng katta yulduz ekanligi va ushbu sistemada jami 8 ta sayyora borligiga o‘zlari guvoh bo‘lishadi va natijada bu bilimlar ular uchun unutilmas va abadiy bo‘lib qoladi. 3-taklif. Boshlang‘ich sinflarda Alifbe, matematika va ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklarini qaytadan ishlab chiqish kerak. Darsliklarda imloviy va mantiqiy jihatdan xatoliklar juda ko‘p. Menimcha Finlandiya yoki boshqa davlatning ta‘lim tizimiga qarab emas, balki o‘zimizning yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish vaqti keldi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.