yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

O'zbekiston Tarixini birgalikda o'rganamiz (Sirli Tarix) loyihasi.

Muallif: Muhammadali Nabiyev
Holati: Tasdiqlandi
Ushbu loyiha Respublika miqyosida faoliyat olib borayotgan barcha Oliy Ta'lim muassasalari yetakchi ilmiy hodimlari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, professorlar, iqtidorli talabalarni yagona maqsad yo'lida birlashtirishni ko'zda tutgan. - Birinchidan, Respublika tadqiqot institutlarida, arxivlarda, muzeylarda va turli tashkilotlarda saqlanayotgan Qadimgi davrda boshlab to XX asrgacha yozilgan arab, fors, xitoy, eron, rus, ingliz va boshqa g'arb-sharq tillarida yozilgan asarlarni tarjima qiluvchi olimlar jamoasini yaratish; - Ikkinchidan, ushbu tarjimonlar guruhi faqat tarixga oid bo'lmasdan, adabiyot, matematika, fizika, tibbiyot, astronomiyaga oid yozilgan kitoblarni ham tarjima qilishni o'z zimmasiga oladi; - Uchinchidan, tarjima qilingan manbalardan Respublika miqyosida ta'lim tizimizga joriy etish, bosma nashrlardan chiqarish, ommaviy axborot vositalari orqali targ'ib qilish; - To'rtinchidan, "Sirli Tarix" nomi ostida internet tarmog'ida elektron sayt yaratish va loyiha ma'lumotlarini yuklab borish, loyihaga qiziquvchilarni unga jalb qilish ko'zda tutiladi; -Beshinchidan, loyiha doirasida Respublikada miqyosidagi va OTM larda joylashgan Axborot Resurs Markazlari (Kutubxonalar) faoliyatini tubdan yaxshilash, zamonaviy kompyuter va uskunalar bilan ta'minlash, loyiha doirasida e'lon qilingan kitoblar, ilmiy izlanishlarni kutubxonaga fondiga bosma va elektron shaklda yuborish va talabalarni habardor qilish, kutubxonalar uchun zarur bo'lgan adabiyotlarni qayta nashr qilish kiradi. - Oltinchidan, loyiha doirasida Xalqaro miqyosdagi olimlar va jamoatchilik bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, ommaviy axborot vositalari orqali ma'ruzalar o'tkazish, chet elda saqlanayotgan O'zbekiston tarixiga oid manbalarni tajima qilishni yo'lga qo'yish; Ushbu loyihadan asosiy maqsad O'zbekiston Tarixi, ilm-fan, madaniyatini chuqur o'rganish, yosh avlodga yetkazish va OTM ilmiy salohiyatini yanada oshirish hisoblanadi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.