Yashil barg
Muallif:
Odina Abdixalilova
Holati:
Tasdiqlandi
Chiqindilar muammosi global ekologiya muammolaridan biri boʻlib, uning salbiy taʼsirini kamaytirish uchun qatʼiy choralar koʻrish zarur. Har yili chiqindilar hajmi ortib borar ekan, atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bu muammoni hal qilish uchun javobgarlikni kuchaytirish kerak.
Shunday samarali usullardan biri jarimalar tizimini kuchaytirishdir. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, katta miqdordagi jarimalar atrof-muhitni ifloslantirish holatlarini kamaytiradi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda noqonuniy chiqindi tashlash uchun bir necha ming dollar miqdorida jarimalar qoʻllaniladi.
Bundan tashqari, qayta ishlanmaydigan chiqindilarni koʻmishni toʻliq taqiqlash kerak. Zamonaviy texnologiyalar deyarli barcha turdagi chiqindilarni qayta ishlab, ikkilamchi xom ashyoga aylantirish imkonini beradi. Chiqindilarni koʻmishni taqiqlash qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirishga va atrof-muhitga zarar kamayishiga olib keladi.
Doʻkonlarda plyonka paket emas, qadimgidek surp xaltachalardàn foydalanish .Bu bilan tikuvchilar ham ish bilan ta'minlanadi. Aynan oʻsha doʻkon nomida brendli xaltachalar tikish va sotishni yoʻlga qoʻyish. Bu xaltachalar narxini ham yuqoriroq belgilash.
Izoxlar (2)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!