yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Xalqaro tizimda oʻquvchilar bilimini baholashning oʻzbek modeli

Muallif: Abdiraim Toʻychiyev
Holati: Tasdiqlandi
Assalomu alaykum yaxshimisiz. Hozirgi kunda Respublikamizda minglab bogʻcha, maktab, kollej, texnikum, litsey va universitetlar faoliyat koʻrsatmoqda. Biroq yoshlarimizning fanlarning oʻzlashtirishi va oʻrganayotgan bilimini muntazam monitoring qilib borish bugungi kunga kelib eng dolzarb masalaga aylandi. Chunki professional darajadagi yoshlarimiz bilimini baholash markazi hozirgi kunda mavjud emas (kundalik.com, Moodle va boshq. tashqari). Bu maqsadgs erishish uchun albatta biz xalqaro tizimda oʻquvchilar bilimini baholashning oʻzbek modeli ni ishlab chiqishimiz va kamida bir yilda bir marotaba yoshlarimizning bilim darajasini baholovchi ishchi guruhi yordamida monitoring qilib borishimiz zarur. Bu tizim yoshlarimizning nafaqat bilim salohiyatini haqqoniy aniqlashga yordam beradi, balki ularning rivojlanishiga zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va kamchiliklarini tuzatib borishga yordam beradi deb oʻylayman. Bu tizimni birinchi sinov bosqichida boshlangʻich sinf (1-4-sinflar,)dan boshlasa maqsadga muvofiq boʻlardi. Agar amalga oshirmoqchi boʻlgan xalqaro tizimda oʻquvchilar bilimini baholashning oʻzbek modeli loyihasi ijobiy natija bersa buni respublikamizda keng amalga oshirishimiz mumkin (Buyuk Britaniya dagi Cambridge University Assessment , British Council, Ofqual kabi).
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.