Maktab o'quvchilarini oliy ta'limga va raqamli savodxonlikka bo'lgan qiziqishini oshirish.
Muallif:
Shahriyor Mamasobitov
Holati:
Tasdiqlandi
Assalomu alaykum hurmatli Yoshlar Forumi 2024 tashkilotchilari. Avvalam bor bizga manashunday imkoniyat yaratib berganiz uchun tashakkur aytmoqchiman. Men ushbu forumda ishtirok etish uchun Maktab o'quvchilarini Oliy ta'limga va raqamli savodxonlikka bo'lgan qiziqishini oshirish loyihasini ishlab chiqdim. Men tadbiq etmoqchi bo'lgan loyihaning asosiy maqsadi nimalardan iborat ekanligi va u qanday tartibda amalga oshirilishini bosqichma bosqish yoritib berishga harakat qilaman. Loyihaning asosiy maqsadi bolalarni o'qishga va bilim olishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirishga qaratilgan. O'quvchilar o'rta ta'lim olayotgan vaqtidan boshlab ularni jamiyat uchun kerakli shaxs ekanliklarini anglashlariga yordam berishimiz kerak. Bu qanday bo'ladi? Mamlakatimizda chekka qishloqlardan borib yurtimizning nufuzli va ko'zga ko'ringan universitetlarida tahsil olayotgan talabalar safi juda ham keng. Aynan shunday yoshlar hamda maktabning yuqori sinf o'quvchilari orasida davra suhbatlari yoki uchrashuvlar tashkil qilish orqali talablar o'zlarining tajribalar, muvaffaqiyatlari va shu yo'lni bosib o'tishdagi qiyinchiliklar haqida so'zlab berishadi. Bu esa endigina o'sib kelayotgan avlod uchun ham motivatsiya hamda qiyinchiliksiz biror bir yuqori marraga erishib bo'lmasligi haqida ruhiy tushuncha bo'lib xizmat qiladi. Asosiy maqsad esa yoshlar uchun tashkil qilinayotgan yangidan yangi loyihalar, marafonlar bilan tanishtirish. Misol uchun: Ibrat farzandlari, Mutolaa va Wikistipendiya marafoni, bularga yana ko'plab misollar keltirish mumkin. Muhumi shuki biz o'z harakatimiz bilan yoshlarni bu loyihalarda qatnasha olishlariga o'zlarida ishonch uyg'ota olishdir. Hozirgi kunda bizga yangi kirib kelgan raqamli xizmatlar My.gov.uz kabi elektron saytlardan unumli foydalanishni va raqamli savodxonlikni o'rganishlari uchun yo'naltirishdir. Hozircha biz ushbu loyhamizni Namangan viloyatining chekka tog'li hududida joylashgan Pop tumaniga qarashli bo'lgan 12 ta maktabda amalga oshirishni reja qilganmiz. Ushbu jarayonda bizga Yoshlar ishlar agentligi va Oliy ta'lim muassasalari yaqindan yordam berishi ko'zda tutilgan!
Izoxlar (3)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!