yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Milliy brend ustida ishlash , yoxud jahon eʼtiborini Oʻzbekistonga qaratish.

Yo'nalish: Xalqaro aloqalar
Muallif: Mardonaxon Axmadjonova
Holati: Tasdiqlandi
Barchaga ma`lumki Fransiya deganda hammaning ko`z oldiga eyfel minorasi , Xitoy deganda buyuk Xitoy devori keladi ammo yangi rivojlanayotgan o`zbekiston hali o`z brendiga to`liq ega emas . Butun dunyo hamjiyati e`tiborini Markaziy Osiyo yuragi hisoblanmish O`zbekistonga qaratish uchun Navro`z va Mehrjon xalqaro festivallar loyihasini taqdim etmoqchiman. Loyiha avvalida shuni aytishim mumkinki , bu loyiha orqali butun dunyo bo`ylab turistlar , yirik biznes vakillari va soha mutaxassislari e`tiborini mamlakatimizga qaratish mumkin. Bu orqali biz ham iqtisodiy foyda ko`rishimiz, ham xalqaro maydonda o`z pozitsityamizni mustahkamashimiz mumkin. Navro`z xalqaro festivali O`zbekistonning 12 viloyati bo`ylab ommaviy ravishda o`tkazilinadi unga vatandoshlarimiz bilan birgalikda xorijiy mamlakat vakillari ham taklif etiladi. Festivalning birinchi turkumida Atlas modalar festivali namoyish etiladi bu festival bir necha kun davomida o`zbek milliy atlas, adras, kashtachilik namunalarini tayyorlash jarayonlardan tortib , moda olamining yirik vakillarini milliy matolarimiz bilan ishlashga chaqirishdan iborat bo`ladi. Ikkinchi bosqichda o`zbek milliy kulolchilik va duradgorlik namunalarini yasalish jarayonlarini kuzatish bevosita ishtirok etish va ularni qanday qilib zamonaviy dunyoga tatbiq etish g`oyalari ko`rib chiqiladi. Uchinchisi milliy taomlar festivali milliy taomlar musobaqasini mashhur oshpazlar o`rtasida o`tqazish va har xil ta`mlar jangi yoki turist vayoshlar o`rtasida oshpazlik mahorati bo`yicha musobaqalar o`tkazish shular doirasida yana bir necha milliy harakatli va sport o`yinlari , xalqaro eko hashar loyihasida daraxt o`tkazish festivali , sumalak saylida millliy lapar , maqom va cholg`u asboblari, askiya festivallari, kabi g`oyalarni o`z ichiga oladi umid qilamanki yoshlar forumida to`laqonli ishtirok etish huquqiga ega bo`laman va o`z g`oyalarim bilan O`zbekiston nufuzini bir necha pog`ona yuksaltira olaman
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.