Zakovat intellektual o'yinlari
Mening taklifim quyidagicha, ya’ni maktablarda zakovat intellektual o’yinlarini doimiy tarzda o’tkazish. Va bunday o’yinlarni o’quvchilar uchun manfaatli qilish.
1.Maktablar o’zlarini sharoitidan kelib chiqib haftaning qaysidir kunida (masalan chorshanba) doimiy tarzda o’quvchilar o’rtasida ‘Zakovat intellektual o’yini’ni o’tkazish. Har fasl/mavsumdan so’ng turnir g’oliblarini maktab jamoasi va o’quvchilar qarshisida taqdirlash. Ularga ma’lum bir qiymatga ega bo’lgan sovg’a va sertikat berish. So’ngra ‘Maktab Terma jamoasini’ shakllantirish.
2.Maktablar o’quvchilarga Davlat tomonidan tashkil qilinadigan ‘Zakovat Liga’larini targ’ib qilishi, va maktab terma jamoasini qatnashtirish.
3.Respublikamazdagi maktablar uchun yagona zakovat sertifikatini joriy qilish va har mavsumgi g’oliblarga taqdim etish.
Men, Sadriddinov Javohirbek Toshkent shahridagi Prezident maktabida tahsil olaman. Men va jamoam maktabimizda har hafta chorshanba kuni zakovat o’yinlarini o’tkazamiz. Bir o’quv yilida 3 ta mavsum bo’ladi, bular: kuzgi, qishgi va bahorgi mavsumlardir. Har mavsum so’ngida eng ko’p ball jamg’argan jamoa sovg’a va sertifikat bilan butun maktab o’quvchilari va jamoasi qarshisa taqdirlanadi. Shu sababli o’quvchilarda zakovat o’yinlariga qiziqish ortdi.
Bizning maktabimizda 2 terma jamoa mavjud. Biz har hafta Payshanba kuni ‘Zakovat Arena’da bo’lib o’tagidan o’quvchilar ligasida qatnashamiz. Turli maktablardan boshqa jamoalar ham keladi. Ammo, bu jamoalar soni juda kam. Toshkent shahridagi barcha maktablardan kamida bitta jamoa O’quvchilar ligasida qatnashganda ham, ‘Zakovat Arena’ga sig’masdi. Muammo ham shunda, o’quvchilarga zakovat yetarlicha targ’ib qilinmayapti va Davlatimizdagi zakovatga bog’liq imkoniyatlar tanishtirilmayapti, ya’ni ko’plab o’quvchilar Zakovat ligalari haqida bilmaydi.
Zakovat yoki O’quvchilar ligasida qatnashishning juda ko’p foydalari bor, nafaqat moddiy balki ma’naviy ham. Zakovat o’yinida qatnashish insonning miyasini charxlaydi, uni ishlashga va xotirasidagi ma’lumotlarni eslashga majburlaydi, va inson miyasi qaysidir ma’noda dam oladi. Yana boshqa foydalari esa jamoa bilan ishlashni o’rganish, vaqtni to’g’ri taqsimlay olish, boshqalarning fikrini hurmat qilib tinglay olish. O’quvchilar ligasida qatnashib bilimli yoshlar bilan tanishish va shu vaqt mobaynida gadjetlardan foydanlanmaslik. Agar faxrli o’rinni egallaydigan bo’lsa moddiy va qiymatli sertifikat sohibi bo’lishadi. Bu qiymatli sertifikat esa o’quvchilarga chet el universitetlarida o’qish uchun grant yutishlariga yordam beradi. Masalan, Toshkent shahridagi Prezident maktabini bitirgan ikki o’quvchi bu imkoniyatdan to’g’ri foydalandi va ‘Harvard’ bilan ‘Princeton’ ka’bi universitet talabalari bo’lishdi.
Izoxlar (4)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!