Raqamli texnologiyalar yordamida obidalarni 3D modellashtirish, virtual muzeylar yaratish.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilishning innovatsion vositalaridan biriga aylandi. Bu esa o'z navbatida juda katta imkoniyatlar yaratmoqda, ammo bizda bu sohada hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p. Masalan, tarixiy obidalarimizni lazerli skanerlash va dronlar yordamida batafsil suratga olish orqali ularning 3D modellarini yaratishimiz mumkin. Bu nafaqat obidalarni kelajak avlodlarga saqlashga, balki ularni butun dunyoga namoyish qilishga ham yordam beradi.
Shuningdek, ushbu modellarni maxsus onlayn platformalarda yoki virtual muzeylarda taqdim etish orqali madaniy merosimizni zamonaviy shaklda targ‘ib qilamiz. Turistlar va yoshlar uchun interaktiv gidlar, tarixiy ma’lumotlar, hatto virtual reallik imkoniyatlari orqali obidalarni “sayohat” qilish imkoniyati yaratiladi. Bu, ayniqsa, dunyoning boshqa burchaklarida O‘zbekistonga qiziqish uyg‘otishi mumkin va ularni mamlakatimiz tomon chorlaydi, turizm esa rivojlanadi.
Yoshlarni bu loyihaga jalb qilish juda muhim. Texnologiyaga qiziquvchi talabalar uchun 3D modellashtirish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil qilinishi, ularni o‘z hududlaridagi obidalarni raqamlashtirish jarayonida qatnashishga undashi mumkin. Shuningdek, tanlovlar va ko‘ngillilar guruhlari orqali yoshlarni qiziqtirishga harakat qilish kerak.
Bu loyiha nafaqat tarixiy obidalarni saqlashga, balki turizmni rivojlantirishga, ta’limda interaktiv yondashuvni joriy qilishga va madaniyatimizni xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!