yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Kelajakni tushunish uchun o'tmishga nazar

Muallif: Marjona Solijonova
Holati: Tasdiqlandi
Tarix va jamiyatni o‘rganishda "Muqaddima" asari maktab o‘quvchilari uchun ajoyib nazariy manba bo‘la oladi. Bu asar yordamida o‘quvchilar faqat voqealarni bilibgina qolmay, balki ularning ortida yotgan sabab va qonuniyatlarni ham tushunishni o‘rganadilar. Ibn Xoldunning "Muqaddima" asari jamiyat, tarix va iqtisodiyotning rivojlanish qonunlarini tushuntiradi. U davlatlarning paydo bo‘lishi, o‘sishi va yemirilishi, insonlar va madaniyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilmiy asosda tahlil qiladi.Tarix va jamiyatni chuqur tushunishga yordam beradi. Hayotning sikllari va o‘zgaruvchanligini anglatadi.Rahbarlik va iqtisodiy masalalarni boshqarishda nazariy asos bo‘la oladi.Tavsiya qilishim sababi: u nafaqat tarixni, balki zamonaviy dunyoni tahlil qilish va undan saboq olish uchun ham qimmatli. Men bu asarni maktab darsliklariga qo'shishni tavsiya qilgan bo'lardim.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.