"So'z yog'dusi" nomli iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash
Hozirgi kunda yoshlarga imkoniyatlar keng yaratilmoqda. Ularni iqtidorlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida ko'plab loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, men o'qiydigan Namangan Davlat Universitetida "Munozara", "Zakovat", "Mumtoz", "Bir haftada bir kitob", "Tafakkur sohili" kabi loyihalar o'tkazilib kelinmoqda. O'z o'rnida bunday loyihalar yangidan yangi iqtidorli yoshlarni kashf qilyapti, yuzaga chiqaryapti. Shu o'rinda men bildirmoqchi bo'lgan taklif shuki, nafaqat talaba va yoshlarni balki aholidagi yashiringan iste'dodlarini ro'yobga chiqarish va ularni o'z ustida ishlashga undash maqsadida "So'z yog'dusi" nomli loyihamni taklif sifatida kiritmoqchiman. Ya'ni bu loyihada TESKARI GAPIRISH qobiliyatiga ega bo'lgan yoshlarni qaysidir ma'noda yuzaga chiqarish, televediniyeda mana shunday noyob iste'dod egalarini ko'rsatib turadigan shoularni tashkil qilish, shu yo'nalishda ham tanlovlar o'tkazib, munosiblarni taqdirlash taklifini bermoqchiman. Nima uchun aynan "SO'Z YOG'DUSI" deyilsa, lug'atimizdagi juda ko'p so'zlarni o'ng va chap tomonga o'qiladigan holatlarda har ikki tarafidan ham yaxshi ma'noli so'z kelib chiqadi. Masalan, DADAM so'zi teskari o'qilganda, MADAD, ONAM so'zi teskari o'qilganda MANO tushunchalarini beradi. Shu taklifim qo'llab-quvvatlansa, qabul qilinsa, men o'ylaymanki albatta bu loyiha o'z iqtidorli, iste'dodli egalarini kashf qiladi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!