Men fuqaroman
Muallif:
Moʻjiza Abdurahmonova
Holati:
Tasdiqlandi
Loyiha nomi: ,,Men fuqoroman"
Loyiha maqsadi : Bilamizki, yurtimizda ekologiya sohasiga oid juda koʻplab qonunlar, ular asosidagi narmativ hujjatlar, farmon, qaror, farmoyish va hokazolar mavjud. Yurtimizdagi ekologik vaziyatni tartibga solishda ularning katta ahamiyati mavjud. Qachonki ular yoshlar oʻrtasida yertalicha ommalashsa va chuqur maʼnoda ongiga singdirilsa ekologik jinoyatlar soni sezilarli darajada pasayadi. Sohada yuzaga kelayotgan jinoyatlar ham aynan ushbu qonunlarni chuqur anglab yetmaslikdandir. Loyihaning asosiy maqsadi jamiyatimiz hayotidagi ekologik shu bilan bir qatorda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda qabul qilingan qonun hujjatlarini yoshlar orasida ommalshtirish. Bu orqaliy ularning burch va majburyatlarini anglab yetishda koʻmaklashish. Ekologik, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlarga nisbatan yoshlar fikr mulohazalarini oʻrganish.
Loyiha asosi: Ushbu loyiha bi oyda bir marotaba oʻtkaziladi. Unda Respublikamizdagi ekologik jarayonlar yuzasidan qabul qilingan qonunlar va narmativ hujjatlar boʻyicha mavzu va topshiriq joylanadi. Talaba yoshlar mustaqil ravishda bu holatni oʻrganib va oʻzi uchun materiallar (statistik, maʼlumotlar, tarixiy manbalar va hokazo) toʻplaydi soʻngra shu maʼlumotlar asosida yuzaga kelgan faqat oʻz fikr-mulohazalarini shuningdek yangi loyiha va takliflarini 10 daqiqa ichida ogʻizaki holatda hayʼat aʼzolariga taqdim etadi. Ular 2 ta nominatsiya yoʻnalishida yaʼni
1 ,, Eng yaxshi speker yoki notiq"
2 ,,Eng yaxshi loyiha sohibi" boʻyicha taqdirlanadi.
Loyiha muallifi: Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti ekologik yoʻnalishi Eko-Au-22 guruhi talabasi Abdurahmonova Moʻjiza.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!