Soliq to'lovchi yoshlarga yengilliklar
Soliq tizimini yanada rivojlantirish hamda soliq to'lashdan qochish kabi yashirin iqtisodiyotlar yoxud soliq jinoyatlarini oldini olish uchun yoshlarning tadbirkorlik subyektlari tomonidan to'lanadigan mol-mulk va yer soliqlari to'lanishi kerak bo'lgan muddatga qadar 100 % to'lagan taqdirda ularga to'langan soliq summasining 5 yoki 10 % qismini qaytarish tizimini ishga tushurish lozim.
Bunda soliq to'lovchilar belgilangan muddatdan oldin soliq summalarini to'lashlari oqibatida to'langan summaning ma'lum qismini qaytarib olish uchun vaqtidan oldin soliq majburiyatlarini amalga oshira boshlaydilar, balki soliq to'lovchilarning davlatga bo'lgan ishonchi kuchayib, ular o'z vaqtida soliq to'lashlari sabab moliyaviy foyda ola boshlaydilar.
Ushbu tizimni sinov tariqasida tadbirkorlik rivojlanmagan hududlarda sinab ko'rish va tahlil qilish, keyinchalik ijobiy samara ortidan butun respublikada qo'llashni taklif qilaman. Shuningdek soliq tushumlariga (https://gov.uz/oz/soliq/sections/view/2375) qaraydigan bo'lsak mol-mulk va yer soliqlari boshqa soliq turlariga nisbatan budjetga ta'siri kamroq hisoblanadi va ushbu amaliyotning qo'llanilishi budjetning tanqisligini keltirib chiqarmaydi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!