yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

A)"Yozgi o‘qishlar"(barcha fanlar doirasida), B)Muzeylarga 2 ta, ishlatilgan batareya berib kirish,C) "YURUVCHI KUTUBXONA"

Muallif: Munira Mirzayeva
Holati: Tasdiqlandi
Men bu yil 11-19-avgust kunlari Yoshlar ishlar agentli va O‘zekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tomonidan moliyalashtirilgan va tashkil etilgan "Yosh tarixchilarning 3-yozgi o‘qishlari"da ishtirok etdim. Yozgi o‘qishlarda respublikamiz bo‘yicha 67 nafar yosh tarixchilar, o‘qituvchilar, magistrant va doktorantlar, Turkiya va AQShdan 33 nafar Xalqaro tarixchi tadqiqotchilar ham ishtirok etdi. Biz dunyoning eng nufuzli tarixchilari, professorlaridan mahorat darslarini tingladik. To‘g‘risi, o‘zimni tarixshunos sifatida qaytatdan kashf qildim, sababi u yerda o'tilgan kuchli ma'ruzalar, dunyo tarixchilarining tajribasi va tavsiyalari menimcha barcha ishtirokchining tarixchi sifatidagi dunyoqarashini o‘stirdi. Birinchi taklifim shundan iboratki, bunday yozgi o‘qishlar faqat tarix fani doirasida emas, balki boshqa fanlararo ham o'tkazilsa, juda manfaatli bo‘lardi. Sababi, eng kuchlilar to‘plangan joyda baribir kuchli munozara, mushohada va muhokama bo‘lar ekan. Masalan, "Yosh matematiklarning yozgi o‘qishlari", "Yosh fiziklarning yozgi o‘qishlari", "Yosh filologlarning yozgi o‘qishlari" va hokazo. Bu jarayon ta‘lim tizimimizga kuchli tayanch bo‘lar edi. Turkiyaning Pamuqqal‘a universiteti professori Kemal Ozjan janoblari Turkiyadagi arxeologik qazishma ishlari va arxeologik muzeylar haqida juda qimmatli ma'lumotlarni aytdilar. Turkiyadagi arxeologik muzeylarni tomosha qilish uchun kirishga hech qanday pul olinmas ekan, pulning o‘rniga 2 ta ishlatilgan batareya evaziga muzeylarga bemalol kirish mumkin ekan. Batareya tabiatga o'zidan juda kuchli zararli moddalarni chiqarishi hisobga olingan holda, bu narsa joriy qilinibdi. Muzeylarni tashkil qilishdan mahalliy aholiga nisbatan hech qanday moddiy manfaat ko‘zlanmagan. Shuning uchun ham mahalliy aholi o‘z tarixini juda yaxshi biladi. O‘z tarixini yaxshi bilgan millatning ertasi porloq bo‘ladi. Bizda- chi? Yaqinda Ichan Qal‘aga bordim. Ota darvozadan kiraverishimda qal‘aga kirish haqqi sifatida 25ming so‘m pul talab qilishdi. Pulni berdim, chek oldim va muzeylar tomon shoshdim. Muzeyga kiraverishda muzeyga kirish haqqi 25ming so‘m bo'lishini aytishdi. Men haligi chekni ko‘rsatdim. Bu chek faqatgina qal‘aga kirish uchunligini, muzeylarning har biriga 25ming to‘lov qilib keyin kirish mumkinligini aytishdi. Axir- Ichan qal‘a "Ochiq osmon ostidagi muzey" bo‘lsa, qo‘limdagi ozgina pul bilan qaysi muzeyga ham kira olardim. Nahot, o‘z tarixini o'ziga pullaydigan millat bo‘ldik, deya kechinmalar o‘tdi qalbimdan...Turkiyada mahalliy aholi katta- katta muzeylarga, ishlatilgan batareya orqali (soat, pult, o‘yinchoqlar va boshqa qurilmalar uchun mo‘ljallangan) kirayotgan va o‘z tarixini o'rganayotgan bir vaqtda bizdagi ahvol ajablanarli emasmi? Ikkinchi taklifim, bizdagi muzeylarga ham mahalliy aholining kirishini mutlaqo bepul qilish kerak. Yoki Turkiya tajribasi asosida muzeylarga kirish "2 ta ishlatilgan batareya" bilan hal bo‘lsa, qaniydi. O‘z tarixini puxta biladigan avlod yaratish uchun, avvalo unga tarixni ko‘rsatish kerak, tarix bilan yuzma- yuz bo‘lgan inson tarixga qiziqadi, uni anglaydi, his qiladi va saboq chiqaradi va qarabsizki, kuchli tarixiy bilimga ega bo‘ladi. Hamma narsaga ham pulni aralashtiraverish yaxshi emas. 3 - taklifim, "Yuruvchi kutubxona"larni tashkil qilish. Kutubxonalardagi minglab kitoblar yillar davomida 1 marta ham o'qilmaydi, afsuski. Agarda avtobus yoki mikroavtobuslarga kitoblar joylanib, "Yuruvchi kutubxona"lar markaziy ko'chalarda harakatlansa, ma'lum joyda to‘xtab kutubxonachi robot(Robot yaratilguncha volontyor yoshlar) tomonidan ID tizim orqali kitoblar kitobxonlarga berilsa, juda ajoyib ish bo‘lardi. Bu orqali yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishi ortishi aniq! Aslida, qadimgi davrlarda ham ko‘chma kutubxonalar bo‘lgan. Kitoblar tuyalarga ortilib, aholi gavjum hududlarda kitobxonlarga taqdim qilingan. Zero, muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek, "Kitobsiz kelajak yo‘q!"
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.