yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Universitetda tahsil olayotgan asosan Qizlarni bandligini ta’minlash yoki “business girls”

Muallif: Mohidil Islomjonova
Holati: Tasdiqlandi
Yurtimizda xotin- qizlarimizga katta e’tibor berilmoqda va bu kundan kunga asosiy mavzuga aylanmoqda, lekin fokusimiz xotin- qizlarni o’qitish masalasiga qaratilgan ish bilan ta’minlash masalasi esa e’tibordan ozroq chetda qolmoqda. Shu masalani yechish bo’yicha har bir tuman va viloyatlarda xotin- qizlar bilan ishlash qo’mitalari yoki bo’limlari tashkil etilgan. Shu qo’mitalar universitetlarda tahsil olayotgan qizlar ro’yhatini shakllantirib ularni sohasi bo’yicha ishga joylash uchun ularni ro’yhatini davlat yoshlarni ish bilan band qilish tashkilotlariga tavsiyanomalar yozib bersa va universitetda tahsil olayotgan qizlar ham o’zlarining sohalari bo’yicha diplom olmasdan turib 3-4- kurslik davridayoq ish bilan ta’minlansa kelajakda ularning tajribasi ham yuqoriroq bo’ladi. Bundan tashqari hozirgi kundda OTM da o’qiyotgan 60-70% talaba qizlar har xil kafe, restoran yoki qandaydir tikuvchilik sexlarida kunlik maosh hisobiga ishlashmoqda, vaholanki ularning tahsil olayotgan sohalari umuman boshqa. Shunday qizlar ro’yhatini shakllantirgan holda ularning sohalari bo’yicha bandligini ta’minlash yoki ariza topshirishga qulay bo’lishi uchun platforma ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.