yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

"Bilimga uzluksiz yoʻl" yohud "Kutubxona 24/7”

Muallif: Xusayn Tursunboyev
Holati: Tasdiqlandi
Kutubxonalar jamiyat ma’naviyati va intellektual rivojlanishining markazi hisoblanadi. Ularni 24 soatlik faoliyatga o‘tkazish nafaqat o‘quvchilar va tadqiqotchilar uchun qulaylik yaratadi, balki mamlakat ilmiy, ma’rifiy va madaniy salohiyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Foydali jihatlari: Ko‘plab talabalar, ilmiy izlanuvchilar va boshqa foydalanuvchilar kun davomida ishlashi yoki o‘qishi sababli kutubxonaga vaqt ajrata olmaydi. 24 soatlik tizim ular uchun qulaylik yaratib, kechki va tunda ishlash imkoniyatini beradi. Kechki soatlarda tinch va xotirjam muhitda ishlashni xohlaydigan o‘quvchilar va tadqiqotchilar uchun ideal sharoit yaratiladi. Bu ijodiy ishlarning sifatini oshiradi. AQSh, Yevropa va Osiyoning rivojlangan davlatlarida ko‘plab kutubxonalar 24 soat ishlaydi. Bunday tajriba joriy etilishi O‘zbekistondagi kutubxonalar darajasini xalqaro standartlarga yaqinlashtiradi. Kutubxonalarni 24 soat ishlash tizimiga o‘tkazish jamiyat intellektual salohiyatini oshirishga, yoshlar va mutaxassislar uchun yanada qulay sharoit yaratishga, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘sini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu nafaqat ilmiy, balki iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ham o‘z samarasini beradi. Shu bois, ushbu tizimni bosqichma-bosqich joriy etish mamlakat rivojlanishi uchun muhim qadam bo‘ladi.
Izoxlar (3)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.