Smart avtobekat
Mening loyiham "smart avtobekat" deb nomlanadi.Loyiha jamoat transportidan foydalanuvchilar ko'lamini oshirish,foydalanuvchilarga qulaylik yaratishni o'z oldiga maqsad qilgan.Loyiha dastlab Toshkent shahrida aholi gavjum hududlarda tatbiq etiladi."Smart avtobekat"lar yopiq holatda,qishda issiq,yozda salqin qiluvchi koditsionerlar,bekatdan o'tuvchi avtobuslarning aynan shu bekatga necha minutda yetib kelishini ko'rsatuvchi televizorli monitor(asosiy urg'u shunga qaratiladi),qulay o'rindiqlar va ATTO bankomatlari bilan jihozlanadi.
Yo'lovchilar bemalol qish kunlarida ham yopiq bekatlarda o'tirgan holda,tabloda avtobusning bekatga yaqinlashayotganini yohud necha minutda kelayotganini ko'rib,xotirjam o'tirishlari mumkin bo'ladi.Avtobus bekatga yetib kelganida tabloda avtobus raqami yashil rangda,ovozli formatda e'lon qilinadi.Masalan:2-4 minut qolganda"51-avtobus bekatga yaqinlashmoqda",bekatga kelganida "51-avtobus bekatga yetib keldi".
Prezidentimizning jamoat transportidan foydalanish ko'lamini oshirish borasida amalga oshirayotgan tashabbuslari safida mening loyiham ham ahamiyatli deb o'ylayman.
Izoxlar (2)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!