Oliy ta'limga qabul jarayonini o'zgartirish
Muallif:
Laylo Abduvokhidova
Holati:
Tasdiqlandi
Bizda shu kunga qadar qabul jarayonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar yoki kontrakt asosida, yoki byudjet asosida to o'qishni tamomlagunga qadar o'qishadi. Lekin bu to'g'ri yo'l emas deb o'ylayman. Chunki natijada talabalar baribir bir xillikni davom etishini bilib ham ta'limga nisbatan sust yondashishadi. Raqobatga esa o'rin qolmaydi. Bu albatta yaxshi bilimga ega bo'lgan yetuk kadrlarning ko'payishiga to'sqinlik qiladi. Taklifim shundan iboratki: ushbu qabul jarayonlaridan o'tgan talabalar bir semester davomida stipendiyali/siz o'qishi, va keyingi semester uchun yuqori akademik ko'rsatkichlarga ega bo'lishi, qo'shimcha ta'lim jarayonida va yoki o'qishdan bo'sh paytlaridagi aktivlik va yutuqlaridan kelib chiqib qo'shimcha rag'batlantirishlarni joriy etilishi. O'ylaymanki, bu yoshlarimiz uchun yaxshi o'qishlariga ilhom beradi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!