yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Tanlov fanlar

Muallif: Bunyodbek Yo'Ldoshboyev
Holati: Tasdiqlandi
Hozirgi davrda o'quvchilar 5-sinfdan informatika, 7-sinfdan boshlab esa biologiya, kimyo, hamda fizika kabi fanlarni o'qishni boshlaydi, bu esa ularni bosim ostida qoldirishi mumkin va ular nima bo'lmasin, ularni yoqtiradimi, yo'qmi, shu 4 fanni o'qishga, ular bo'yicha nazorat ishlari topshirishga majbur bo'ladi. Mening g'oyam shundan iboratki, 8-sinfdan boshlab, informatika, kimyo, fizika va biologiya fanlari o'rniga tanlov A va tanlov B fanlarini kiritish, va 5-7-sinflarda qo'shilgan yangi fanlarga qiziqishi bor yoki yo'qligi, qaysilariga ko'nikmalari borligi va kelajakda qanday ishda ishlashni xohlashiga qarab 4tadan 2ta fanni tanlaydi, hamda dars jadvalidagi 4ta fan o'rniga Tanlov A va Tanlov B fanlari qo'yiladi. Bu g'oyaning amalga oshirilishi o'quvchilarga o'zining kelajakdagi mutaxassisligiga e'tibor berishiga imkoniyat yaratadi hamda O'zbekistondagi ta'limning rivojlanishiga o'z hissasini qo'shadi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.