Sinxron tarjimonlik skillarini rivojlantirish uchun o'quv markazi
Muallif:
Parvinabonu Ubaydova Ubaydova
Holati:
Tasdiqlandi
Bu o'quv markazi o'ziga 2 va undan ortiq xorijiy tillarni kamida C1 darajasida bilgan o'quvchilarni qabul qiladi. Savol tug'iladi. Unda o'quvchilar u yerda nima o'rganishlari mumkin? O'quvchilarga proffesional sinxron tarjimonlar tomonidan haftasiga 2 martadan 2-3 soatdan sinxron tarjimonlik bo'yicha darslar berib boriladi. 1 oylik nazariy darslardan so'ng, kamida 1 oy davomida o'quvchilar uchun amaliyot tashkillashtirib beriladi. Umumiy 2 oylik dastur uchun o'quvchilar o'rtacha $500 atrofida mablag' to'lashlari kerak bo'ladi. 2 oylik dastur oxirida har bir o'quvchi uchun sinxron tarjimonlik bo'yicha alohida loyiha biriktiriladi va ular sinxron tarjimonlik qilgan tashkilotdan o'quvchilar haqida to'liq yozma ravishda "feedback" so'raladi. Tashkilotlar tomonidan o'quvchilar tavsiyanoma xati kiritishga muvaffaq bo'lishsa, ularga o'quv markazi tomonidan kursni tamomlaganliklari haqida diplom beriladi. Bu hujjat O'zbekiston Respublikasi hududida ularga proffesional sinxron tarjimon sifatida ishlash uchun huquq beradi.
Loyiha uchun dars o'tilishi uchun bino, jihozlar, instagram va telegram platformalarida reklama berish (reklama videoroliklari uchun ekspert, mobilograf, kamera) va o'quv markazida o'qimoqchi bo'lgan nomzodlar bazasi, yig'ilgan o'quvchilar soniga qarab proffesional 2-3 ta sinxron tarjimonlar jalb etilishi kerak bo'ladi
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!