Quvvat multfilmlar seriyasini davom ettirish.
Muallif:
Munojat Maqsutxonova
Holati:
Tasdiqlandi
Quvvatjon haqida suratga olingan multfilmlar seriyasi bugungi kunda deyarli to'xtab qoldi. Shu seriyani davom ettirish kerak, Sababi shu orqali jiyanlarim ko'p narsa o'rganishdi. Keyingi seriyalarda bioenergiya olishning boshqa turlari biodizel, bioetanol ishlab chiqarishning soddalashgan usulini, tidal energiya, Yaponiya metrolarida oyoq ostida o'rnatilgan piezoelektrik effekt bilan ishlovchi plitalar, chiqindilarni qayta ishlovchi korxonalar, oqava suvlarni tozalash inshootlari ishlash tizimi, Kaliforniya qizil chuvalchangi haqida ma'lumot berish kerak. Bu yosh avlodda muqobil energiya haqida va chiqindilarni tozalash usullari borasida ma'lumotlar berish ularni kelajakka tayyorlaydi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!