yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Chiqindilarni qayta ishlash

Muallif: Munojat Maqsutxonova
Holati: Tasdiqlandi
Bugungi kunda bioenergiya olish (biogaz) ishlab chiqarish keng ommalashgan. Unda asosiy xomashyo organik chiqindilar hisoblanadi. Masalan, oziq ovqat chiqindilari, daraxtlarning qurigan shox-shabbalari va tarkibida metal yoki toksik elementlar bo'lmagan organik moddalar, chorvachilik chiqindilari. Bu texnologiya bugungi kunda O'zbekistonda rivojlanmagan. Sababi ko'plab insonlar bu borada bilim va tajribaga ega emas. Xalq orasida bu yo'nalish bo'yicha bilimlarni berish va bu loyihani ommaviylashtirish orqali chiqindilarni kamaytirish. Shuningdek bioreaktor ishlab chiqarishni (ichki tuzilmasi u qadar murakkab emas) o'z yurtimizda yo'lga qo'yish taklifini beraman.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.